Siyosat

Prezident "ADM Jizzakh" avtomobil zavodiga tashrif buyurdi

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “ADM Jizzakh” masʼuliyati cheklangan jamiyatida avtomobillarni yirik uzelli yig‘ish tashkil etildi. Bu loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib, shu yil mart oyida ishga tushirildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident "ADM Jizzakh" avtomobil zavodiga tashrif buyurdi

 

 

Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur zavoddagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

 

 

Ushbu ilk loyihaning qiymati 12 million dollardan ziyod. Yillik ishlab chiqarish quvvati 25 ming dona. Zavod multibrendli bo‘lib, bu yerda “KIA”, “Renault” va “Lada” rusumidagi 10 xil yengil avtomobil yig‘ilmoqda. Bugungi kungacha ichki bozorga 2 mingdan ziyod avtomobillar yetkazib berilgan. Bu mashinalar yuqori sifati, zamonaviy dizayni va shinamligi, tejamkorligi, servis xizmatlari arzonligi, boshqaruv qulayligi bilan xaridorlarga maʼqul kelmoqda. Avtomobillarga besh yillik kafolat berilayotir. Korxonada 250 nafar mutaxassis ishlamoqda. 

 

 

Davlatimiz rahbariga loyihaning ikkinchi bosqichi haqida maʼlumot berildi. 

 

 

216 million dollarlik mazkur loyiha doirasida kichik uzelli ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi. Yaʼni, 314 turdagi butlovchi qismlarni yasash, payvandlash, bo‘yash va yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi. Uni 2023 yilning birinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilgan.

 

 

Buning natijasida zavod quvvati yiliga 100 ming donaga chiqadi. Yana 3 mingta yangi ish o‘rni paydo bo‘ladi. Ushbu bosqichda mahalliylashtirish 30 foizga yetkazilib, yiliga 150 million dollarlik avtomobillar eksport qilinadi. Zavod tayyor avtomobil va butlovchi qismlar ishlab chiqarish, konstruktorlik, logistika, kadr tayyorlash sohalarini qamrab oladi.

 

 

Yana bir muhim tomoni, bu zavod ko‘plab kichik korxonalar, xizmatlar tashkil topishiga turtki bo‘ladi. Masalan, hozirdanoq Jizzax shahri, Paxtakor va Sharof Rashidov tumanlarida butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha 500 million dollarlik 60 ta loyiha shakllantirilgan. Shuningdek, Amerika va Yevropa nufuzli injiniring kompaniyalari bilan birga, viloyatda tajriba-konstruktorlik va dizaynerlik markazi tashkil etiladi.

 

 

Prezident mahalliylashtirish darajasini oshirib, avtomobillar narxini arzonlashtirish, xaridorlarga tanlov imkoniyatini kengaytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

 

 

 

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari, yangi muassasalar faoliyati bilan tanishgani, Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyi hamda Toshkent viloyatida joylashgan IT akademiyasiga borgani xabar qilingandi.

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

MDHga raislik: O‘zbekiston MDHga raislikda ustuvor yo‘nalishlarni belgiladi

Raislik konsepsiyasi doirasida 100 dan ortiq chora-tadbir ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Davlat rahbari Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilarining maslahat uchrashuvi hamda MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Savdo, transport va kiberxavfsizlik: Mirziyoyev MDH doirasidagi hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

Prezident resurslardan samarali foydalanish va aylanma iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish zarurligini taʼkidladi.

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Turkmanistondan keyin O‘zbekiston: O‘zbekiston MDHga raislik qiladi

Bu haqdagi qaror MDH Rahbarlar kengashining yig‘ilishida qabul qilindi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

O‘zbekiston va Turkmaniston Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzadi

Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov ikki tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

“Olti iqtisodiyot – bitta mahsulot” tamoyiliga o‘tishimiz kerak — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Turkmanistonda o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qilib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlardagi hamkorlikni muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

Prezident Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining maslahat uchrashuvi hamda MDH sammitida ishtirok etadi.