Salomatlik

“Suyunchi puli” endi bank plastik kartasiga ham o‘tkazib beriladi

Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa to‘lovi Xalq banki tomonidan naqd pul shaklida amalga oshirilayotgan edi. Bu esa FHDYO bo‘limlarida joylashgan bank kassalari oldida uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.

“Suyunchi puli” endi bank plastik kartasiga ham o‘tkazib beriladi

 

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan fuqarolarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida, “FHDYOning yagona elektron arxivi” axborot tizimida farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa to‘lovi (“suyunchi puli”) ni ota-onadan birining bank plastik kartochkasiga o‘tkazib berish imkoniyati yaratildi. Albatta, bu tizim ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi.

 

Bunda FHDYO bo‘limining masʼul xodimi ota yoki onaning xohishiga asosan faol holatda bo‘lgan bank plastik kartochkasini maxsus belgi orqali tanlaydi. Shundan so‘ng bir martalik to‘lovni bank plastik kartasiga yo‘naltiradi.

 

Xalq banki tomonidan “suyunchi puli” qisqa muddatda fuqaroning bank plastik kartochkasiga o‘tkazib beriladi.

 

Avvalroq “Bolalar puli” bola soniga qarab belgilanishi, farzandli bo‘lgan talabaga taʼlim muassasasi bir martalik nafaqa puli berishi hamda Nogiron farzandi bor onalarga pensiyaga chiqishida qanday imtiyozlar belgilanishi haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

“Suyunchi puli” endi bank plastik kartasiga ham o‘tkazib beriladi | Zamon.uz