Maktablarda Kembrij darsliklari joriy qilinmoqda
Prezident saylovi oldidan tashkil etilgan Xalqaro media-xollda Taʼlim tizimiga bag‘ishlangan ochiq muloqotda ko‘plab maʼlumotlar keltirib o‘tildi.

Jumladan, 5-11 sinf informatika fani darsliklari xalqaro Kembrij taʼlim dasturi va darsliklari asosida yangilandi.
Taʼlim mazmunini yangilashda yirik xalqaro loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, “Klass” loyihasida 10 ming rus tili o‘qituvchisi malakasi oshirildi, 150 nafar rossiyalik pedagog yurtimizga keldi.
Endilikda o‘rta maktablarda Kembrij darsliklari joriy qilinmoqda. Shuningdek, “English Speaking Nation” loyihasi doirasida 400 nafar ingliz tili o‘qituvchisining malakasi oshirildi, 27 nafar AQSHlik pedagog yurtimizga keldi.
So‘nggi besh yil davomida maktablarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash yo‘lida 134 ta maktab qurildi, 2 965 ta maktabda qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.







