O'zbekiston

"Yangi O‘zbekiston saylovlari — yoshlar nigohida"

Xalqaro media-xollda "Yangi O‘zbekiston saylovlari — yoshlar nigohida" mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston yoshlari  umumjahon assotsiatsiyasining Malayziya, Turkiya va Qirg‘iziston davlatlaridagi  vakillari xorijda olib borilgan saylovoldi  targ‘ibot ishlari yuzasidan ZOOM orqali maʼlumot berdi.

"Yangi O‘zbekiston saylovlari — yoshlar nigohida"

 

Qayd etish joizki, mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy voqea — Prezident sayloviga xorijdagi yoshlarimiz ham befarq emas.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq ishlar xorijda ham Saylov kodeksiga amal qilgan holda tizimli ravishda olib borilmoqda. Eng muhimi, o‘zbekistonliklar uchun xorijda turib ham ovoz berish imkoniyati yaratildi. Ular qayerda bo‘lishidan qatʼiy nazar, eng avvalo, O‘zbekiston fuqarosi: biz singari haq-huquqlarga ega.

 

Salohiddin Mansurxo‘jayev, 

O‘zbekiston yoshlari   umumjahon assotsiatsiyasining Malayziyadagi  vakili:

— Malayziyada vaqtinchalik yashayotgan va o‘qiyotgan o‘zbekistonlik  yoshlar  tomonidan ijtmoiy tarmoqlarda  saylovga oid fleshmob o‘tkazildi. Unda nafaqat Malayziyada,  balki  janubiy   sharqiy Osiyoning boshqa mamlakatlarida  yashovchi  o‘zbekistonlik yoshlar ham qamrab  olindi. Targ‘ibot  ishlari davomida o‘zbekistonlik barcha yoshlar birlashdi, desak adashmaymiz. 

 

Ergash Jumayev,

O‘zbekiston yoshlari  umumjahon assotsiatsiyasining Turkiyadagi  vakili:

— Taʼlim olayotgan talabalar bilan   Turkiyaning bir qancha viloyatlarida  Prezident saylovining ahamiyati xususida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordik. Yaqinda Turkiyada muddatidan avval ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi.  Turkiyada o‘qiyotgan va mehnat qilayotgan yoshlar masʼuliyatni his qilgan holda o‘zlari tanlagan nomzodga ovoz berdi. 

 

Vebinarda mazkur siyosiy tadbirni Konstitutsiya hamda qonunlar, umumeʼtirof etilgan xalqaro demokratik standartlar asosida o‘tishi ko‘p jihatdan fuqarolarning siyosiy madaniyati va faolligi, fuqarolik burchini chuqur anglashiga bog‘liqligi haqida so‘z bordi.

 

Munojat Valiyeva

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

Banklar barcha kartalardagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi.

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Bunga qozonxonalarda rejali profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.