82 turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulot import bojidan ozod qilindi
Prezidentning “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yana-da kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.


Hujjat bilan 2024-yil 1yanvarga qadar import bojxona boji “nol” stavkada qo‘llaniladigan ayrim turdagi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.
U 82 ta tovarga tatbiq etiladi:
-
kastor yog‘i va uning fraksiyalari;
-
asbest;
-
natriy gidroksidi (kaustik soda) qattiq shaklda;
-
karbidlar, kimyoviy tarkibi aniq yoki noaniq;
-
o‘simlik yoki chorvadan olinadigan bo‘yovchi moddalar;
-
keramik mahsulotlar, emal yoki oyna ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan shishasimon emallar va glazurlar va shunga o‘xshash preparatlar;
-
to‘qimachilik bo‘yog‘i;
-
sirti faol organik moddalar (sovundan tashqari); sirti faol vositalar, yuvish vositalari (shu jumladan yordamchi yuvish vositalari) va tarkibida sovun mavjud yoki mavjud bo‘lmagan tozalash vositalari;
-
moylash materiallari hamda to‘qimachilik matolari, charm, mo‘yna yoki boshqa materiallarga yog‘ va moy bilan ishlov berish uchun foydalaniladigan vositalar;
-
sunʼiy mum;
-
tayyor yelimlar va boshqa joyda nomlanmagan yoki kiritilmagan boshqa tayyor adgezivlar;
-
fermentlar, fermentli preparatlar;
-
to‘qimachilik tarmog‘ida qo‘llaniladigan pardozlash vositalari, bo‘yashni tezlashtirish yoki bo‘yoqlarni mustahkamlash vositalari va boshqa mahsulotlar hamda tayyor preparatlar;
-
sunʼiy mo‘yna;
-
yelimlangan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yog‘ochdan shunga o‘xshash materiallar;
-
filtr qog‘oz va karton;
-
apparatda yigirilgan jun kalava ipidan yoki apparatda yigirilgan jonivorlarning ingichka sochidan tayyorlangan gazlamalar;
-
zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan gazlamalar;
-
kompleks sintetik va sunʼiy iplardan to‘qilgan gazlamalar;
-
kimyoviy iplardan va boshqa to‘qimachilik materiallaridan to‘qilgan to‘rlar.
Maʼlumot uchun: hujjat qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 22.10.2021 yildan kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident “Qo‘shilgan qiymat solig‘i maʼmuriyatchiligini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagandi.
Avvalroq mevalar bojxona bojidan, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilishi mumkinligi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari keskin oshishi mumkinligi, o‘simlik moyiga bo‘lgan yillik ehtiyoji qanchaligi hamda dunyoda yil boshidan buyon ilk bor oziq-ovqat narxlari pasaygani haqida xabar berilgandi.







