126 yoshli Xuvaydo momo o‘zi tanlagan munosib nomzodga ovoz berdi
Buvaydalik Xuvaydo momo mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan muhim siyosiy jarayonda faol qatnashdi.

Buvayda tumanining Qoraqum mahallasida istiqomat qiluvchi 126 yoshli Xuvaydo momo Umarova o‘zi yura olmasligi sababli 470- uchastka saylov komissiyasidan saylovni xonadonida tashkil etishni iltimos qildi.
470-saylov komissiyaning 2 nafar aʼzosi ko‘chma saylov qutisi bilan Xuvaydo momoning xonadoniga borishdi.Ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etgan holda o‘zi tanlagan munosib nomzodga birinchilardan bo‘lib ovoz berdi.
Bahriniso Madumarova







