Men saylovda biron-bir qoidabuzarlik holatini ko‘rmadim — Viktor Martinov
O‘zbekiston Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Gubkin nomidagi neft va gaz universiteti rektori (Rossiya) Viktor Martinov ushbu siyosiy jarayon haqidagi xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.


- Bugun o‘ndan ortiq saylov uchastkasida bo‘ldim. Umuman, ish aniq va yuqori darajada tashkil etilgan. Erta tongdan boshlab odamlar ovoz berishga oshiqayotgani meni hayron qoldirdi. Yoshi kattalar kichik yoshdagi farzandlari bilan ovoz berishga kelgani fuqarolarning davlat ishlarida va mamlakat hayotida ishtirok etishining muhim elementidir. Men biron-bir qoidabuzarlik holatini ko‘rmadim. Umumiy muhit hamma joyda juda ko‘ngildagidek, ko‘tarinki ruhda bo‘ldi.
Maʼlumot uchun: saylov uchastkalarida har bir siyosiy partiyadan kuzatuvchilar qatnashmoqda. Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligiga ham alohida eʼtibor qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, YEXHT parlamentlar assambleyasi kuzatuvchilari O‘zbekiston Prezidenti sayloviga yuqori baho bergandi. Shu bilan birga, kuzatuvchilardan biri afg‘onistonlik Nuri Husayn Ali, Tojikistonlik kuzatuvchi hamda Pokiston mamlakati kuzatuvchisi Tezeen Akhtar O‘zbekiston Prezidenti saylovi borasidagi fikrlari bilan bo‘lishgandi.
Bundan O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasida ham saylov jarayoni qizg‘in o‘tayotgani, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 43-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni hamda Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari xorijdagi saylov uchastkalari to‘g‘risida maʼlumot bergani haqida xabar berilgandi.







