Eng dolzarb

O‘zbekistonda saylov jarayonlari qanday ketmoqda?

O‘zbekiston prezidenti saylovlarida ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Maʼlumki, davlat rahbari lavozimiga 5 nomzod daʼvogarlik qilmoqda.

O‘zbekistonda saylov jarayonlari qanday ketmoqda?

 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev Chilozor tumanidagi 318-saylov uchastkasida ovoz berdi.

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 41-saylov uchastkasida prezidentlik saylovida ovoz berdi. 

 

 

Bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent shahridagi 520-saylov uchastkasida ovoz berdi. Hukumat rahbari saylov uchastkasiga oilasi bilan tashrif buyurdi.

 

 

Senat raisi Tanzila Norboyeva 362-saylov uchastkasida oila aʼzolari bilan birga Prezidentlik saylovida ovoz berdi. 

 

 

 

Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov Toshkent shahridagi 16-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.

 

 

Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkentning Yakkasaroy tumanida tashkil etilgan 573-saylov uchastkasiga kelib, prezident saylovida ovoz berdi.

 

 

 Kinematografiya agentligining bosh direktori Firdavs Abduxoliqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ovoz berdi.

 

 

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Samarqand shahridagi 12-saylov uchastkasida ovoz berdi.

 

 

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Buxoro shahar “Abduxoliq G‘ijduvoniy” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 73-saylov uchastkasida o‘zi munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdi.

 

 

O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun hududidagi 730-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi va elu yurtimiz ravnaqi, taraqqiyoti uchun munosib nomzodga ovoz berdi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev Mirzo Ulug‘bek tumani Alisher Navoiy mahallasidagi 59-saylov uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berish jarayonida ishtirok etgandi.

 

Bundan avval O‘zbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov hamda Xalq demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Maqsuda Vorisova Uchtepa tumani 116-maktabdagi 206-saylov uchastkasida ovoz bergani haqida xabar bergan edik.

 

Shuningdek, Prezidentlik saylovlarida nomzodlar ham Toshkent shahridagi turli saylov uchastkalarida ovoz berib bo‘lgani, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov hamda 126 yoshli Xuvaydo momo o‘zi tanlagan munosib nomzodga ovoz bergani haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

O‘zbekistonda saylov jarayonlari qanday ketmoqda? | Zamon.uz