O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev: Saylovda el-yurtimiz bildirgan ishonchni islohotlarimizga berilgan eng oliy baho, deb bilaman

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qishloq xo‘jaligida klasterlar faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Shavkat Mirziyoyev: Saylovda el-yurtimiz bildirgan ishonchni islohotlarimizga berilgan eng oliy baho, deb bilaman

 

Bu davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Prezidenti saylovidan keyingi birinchi yig‘ilishi. 

 

Shavkat Mirziyoyev dastlab mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi yakunlariga qisqacha to‘xtaldi. Ushbu saylov xalqimizning siyosiy-huquqiy madaniyati yuksalib borayotgani, tinch va farovon hayot barpo etishga bo‘lgan ezgu intilishlarini yana bir bor namoyon etdi. Buni jahon hamjamiyati keng eʼtirof etdi.

 

– Ushbu saylovda el-yurtimiz tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni biz besh yil oldin boshlagan keng ko‘lamli islohotlarimizga berilgan eng oliy baho, deb bilaman. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishimga o‘z ishonchini bildirgan va qo‘llab-quvvatlagan aziz yurtdoshlarimga, ko‘p millatli xalqimizga yana bir bor cheksiz minnatdorligimni bildiraman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Prezident saylovni milliy qonunchilik va umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlarga mos holda o‘tkazishga katta hissa qo‘shgan Markaziy saylov komissiyasi va barcha mutasaddilarga, o‘z tabrik va qutlovlarini yo‘llayotgan mamlakatimiz jamoatchiligiga chuqur ehtiromini izhor etdi.

 

Ayni paytda muqobillik asosida o‘tgan saylovda boshqa partiyalardan ko‘rsatilgan nomzodlarning kelgusi faoliyatlariga omad tiladi.

 

– Endi saylovoldi uchrashuvlarimizda ilgari surilgan strategik dasturimiz – Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha belgilab olgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun belimizni mahkam bog‘lab, ilgarigidan ham o‘n karra ko‘p mehnat qilishimiz kerak. Xalqimizning ishonchini oqlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini taʼminlash, bir so‘z bilan aytganda, inson qadr-qimmatini ulug‘lash barcha bo‘g‘indagi rahbarlarning nafaqat vazifasi, balki muqaddas burchiga aylanishi zarur. Aminmanki, tarixning ko‘plab sinovlaridan mardona o‘tib kelayotgan olijanob xalqimizning mustahkam irodasi, hayotiy tajribasiga tayanib, ko‘zlagan maqsadlarimizga albatta yetamiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MSK Prezident saylovlarining dastlabki natijalarini eʼlon qilgani va nomzodlar Shavkat Mirziyoyevni tabriklagani haqida xabar berilgandi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev: Saylovda el-yurtimiz bildirgan ishonchni islohotlarimizga berilgan eng oliy baho, deb bilaman | Zamon.uz