Eng dolzarb

Olimlar global iqlim isishi tufayli Yerda hayot chidab bo‘lmas darajaga yetishidan ogohlantirdi

Shuningdek, 2021 yil yozi ob-havo kuzatuvlari tarixidagi eng issiq mavsum bo‘lganini maʼlum qilingan.

Olimlar global iqlim isishi tufayli Yerda hayot chidab bo‘lmas darajaga yetishidan ogohlantirdi

 

Olimlar global issiqlik tufayli Yer sayyorasida hayot chidab bo‘lmas darajaga yetishini taxmin qildi. Bu haqda phys.org sayti xabar berdi.

 

Ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, AQSHdagi Ajal vodiysidan tortib Yaqin Sharqqacha hamda Hindistondan Sahroyi Kabirgacha bo‘lgan hududda yashaydigan odamlar hozirning o‘zidayoq o‘ta noqulay ob-havoni his qilmoqda. Agar bunga qarshi chora ko‘rilmasa, sayyoraning boshqa qismlarida ham yashash og‘irlashadi.

 

Iqlim bo‘yicha ekspert Zik Xausfazerning taʼkidlashicha, iqlim o‘zgarishi tufayli favqulodda hodisalar yuz berishi holatlari ko‘payib boradi. Xususan, Kaliforniyadagi Ajal vodiysida shu yilning yozida harorat rekord –  54.4 darajani tashkil etgan. Bu Yer sharida zamonaviy vositalar yordamida qayd etilgan eng yirik ko‘rsatkich. Shuningdek, AQSH Okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi 2021 yil yozi ob-havo kuzatuvlari tarixidagi eng issiq mavsum bo‘lganini maʼlum qilgan.

 

Olimlarning qayd etishicha, iqlim isishi intensiv qurg‘oqchilikka, o‘rmon yong‘inlari, bo‘ronlar va toshqinlarga olib keladi. Iliq to‘lqinlar ko‘payishi qishloq xo‘jaligiga halokatli taʼsir qiladi va odamlar uchun o‘lim xavfini oshiradi.

 

“Iliq oqimlarning quruqlikka yaqinlashi tufayli minglab qurbonlar berilishi mumkin”, – degan Pyer-Simon Laplas instituti direktori Rober Votar.

 

Olimlar haroratning ikki darajaga ko‘tarilishi bu kabi holatlarning har besh yilda takrorlanishidan ogohlantirgan.

 

Bundan avval Myunxenda iqlim o‘zgarishiga qarshi namoyish o‘tkazilgani hamda YouTube va Google iqlim o‘zgarishini inkor qilgan sahifalarni bloklashi xabar qilingandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"