Eng dolzarb

“Kimdir menga “alohida munosabatda” bo‘lgani uchun bu ishlarni boshlaganga o‘xshaydi” — Elmira Basitxonova

Zamon.uz muxbiri Elmira Basitxonova bilan bog‘landi. SSV o‘rinbosari xat bilan bog‘liq shov-shuvli holat sabab yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha hali hech qayerda aytilmagan maʼlumotlarni oshkor qildi.

“Kimdir menga “alohida munosabatda” bo‘lgani uchun bu ishlarni boshlaganga o‘xshaydi” — Elmira Basitxonova

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Marat Sodiqovning Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyevga yozgan xati tarqaldi. Unda boshqarma boshlig‘i joriy yilning 17 may kuni toshkent viloyatidagi ko‘p tarmoqli poliklinikada tug‘ruqning ertasi kuni 1998 yilda tug‘ilgan ayol vafot etganini maʼlum qilgan. Tashxis sifatida o‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligi, o‘tkir buyrak-jigar yetishmovchiligi, DVS sindrom gipokoagulyatsiya bosqichi, oshqozon-ichakdan qon ketishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, murda ekspertiza tekshiruviga yuborilgan.

 

 

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida Zamon.uz muxbiri SSV o‘rinbosari Elmira Basitxonova bilan bog‘landi:

 

Vazirni oldiga yuzaki maʼlumot kirib ketayotganida men boshqarma boshlig‘iga maʼlumot Vazirga kirishi mumkin emas. Vazirga kirishi uchun Respublika Bosh akusher Ginekolog va ikkita Professor buni chuqur tahlil qilish kerakligini aytib, qavsda yana (tanqidiy) uchta undov belgisi bilan imzo chekkanman. O‘lim sababi nomaʼlum deb qo‘shib ham qo‘yganman. So‘ng ko‘rsatma xati berganman. Unda malaka oshirish markazi rahbari, akusher va ginekologiya ilmiy amaliy markazi rahbari hamda boshqalarga mutaxassis ajratilishini, bu holat zudlik bilan tekshirilishi kerakligini aytib o‘tganman. Barcha joyda ish jarayoni shunday amalga oshiriladi. Afsuski, bu munosabatga hammada har xil xulosa yuzaga kelganiga hayronman. Men Vazir o‘rinbosari sifatida o‘z vazifamga jiddiy yondashaman.

30 yillik tajribaga ega anesteziolog va reanimatologman. Bu jarayonlarni yaxshi bilaman. Vazirga bu xatni kiritishimdan asos yo‘q. Bu yerda noqonuniy berkitilishi kerak bo‘lgan joyning o‘zi yo‘q.

Bu yerda kimdir menga alohida munosabati bo‘lgani uchun bu ishlarni boshlaganga o‘xshaydi. Buni ortida kim turganidan xabarim yo‘q. Agar xatdagi yozig‘imda qandaydir gumonim bo‘lganida noto‘g‘ri ish qilib qo‘ydim, deb bezovta bo‘lardim. Ona o‘limini tahlil qilishga men hamma harakatimni qildim. Biz buni barcha o‘zimizning yig‘ilishlarimizda juda ko‘p muhokama qildik. Butun hududlarga bu holat bo‘yicha topshiriqlarimni berganman. Bemor keldi va o‘ldi degan yuzaki maʼlumotni men vazirni oldiga kiritolmayman. Shu sabab o‘lim holati tahlil qilinsin, deb qaytarganman. Men bu gap so‘zlar noto‘g‘ri ekanini bilaman. Lekin odamlar muhokamasiga tushgandan keyin ular bilmay turib turli asossiz gaplar tarqatishadi. Eng yomoni, gap-so‘zlar mendan ko‘ra ko‘proq oilamga taʼsir qiladi. Bugun ertalabdan boshqarmamizdagi jamoada ham tushkin kayfiyat. Bu sohaning rivojlanishiga taʼsir o‘tkazadi. Bugun qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bir qancha loyihalarni amalga oshirishim, safarga ketishim kerak. Qancha vazifalarni berishim zarur. Buning uchun menga kuch kerak!

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

“Kimdir menga “alohida munosabatda” bo‘lgani uchun bu ishlarni boshlaganga o‘xshaydi” — Elmira Basitxonova