Jahon

Misrda ikki poyezd to‘qnashdi: 64 kishi jarohatlandi

Halok bo‘lganlar bor-yo‘qligi hozircha aniqlanmagan.

Misrda ikki poyezd to‘qnashdi: 64 kishi jarohatlandi

Misrning Giza viloyatida ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida 64 kishi jarohatlangan, halok bo‘lganlar bor-yo‘qligi hozircha ma’lum emas.

 

To‘qnashuv 8-noyabr kuni Qohira yaqinidagi Al-Ayyat tumanida sodir bo‘lgan. Giza va Fayum shaharlari o‘rtasida harakatlanayotgan poyezd Qohira–Asvon yo‘nalishidagi boshqa poyezdning orqa qismiga borib urilgan. Zarba oqibatida poyezdlardan biri relsdan chiqib ketgan.

 

Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga olib borilgan. Hodisa joyiga vayronalarni tozalash va poyezdlar harakatini tiklash uchun qutqaruv guruhlari hamda kranlar yuborilgan.

 

Ma’lumot uchun, o‘tgan yil sentyabr oyida ham Al-Ayyat tumanida ikkita yuk poyezdi to‘qnashib ketgan. O‘shanda mashinist va uning yordamchisi jarohatlangan.

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Dron Zaporojjya viloyatida 55 kishi halok bo‘lgan aviazarba oqibatlarini bartaraf etayotgan qutqaruvchilarga hujum qildi.

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Bu qaror parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotgan amaldagi bosh vazir Benyamin Netanyahuning hokimiyatda qolish imkoniyatlarini yanada murakkablashtirdi.

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari 2027-yilgi prezidentlik saylovlari davrida yuz berishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Rasmiylar yaqin kunlarda yana kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning dengizdagi ta’minot yo‘llariga qo‘yilgan blokadani quruqlikdagi yo‘nalishlarga ham kengaytirmoqda.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.