Muntazam zerikish ruhiy kasalliklarni keltirib chiqaradi
Inson miyasi shunday yaratilganki, u harakatsizlik holatida bo‘lishi mumkin emas, u doimo ishlashga muhtoj.

Mutaxassislarning fikricha, bugungi kunda har bir inson og‘riqli zerikish hissini boshdan kechirmoqda. Odatiy ish kunidagi yig‘ilishlar, konferensiya, ofisdagi ish jarayonidan charchaydi va zerikadi. Baʼzan zerikish qiziqarli bo‘lmagan muayyan sharoitlar bo‘lgan hollarda sodir bo‘ladi.
Muntazam ravishda ko‘p vaqt davomida bo‘sh qolish va zerikish chidab bo‘lmas depressiyani keltirib chiqaradi.
Har doim loqaydlik holatida bo‘lgan, o‘z kasbiy burchini qiziqishsiz bajaruvchi, kundalik narsalardan zavq olmaydigan odam depressiyaning paydo bo‘lishi uchun qulay imkon yaratatib beradi.
Xo‘sh, zerikish ruhiyatga qanday taʼsir qiladi?
Ruhiy buzilishning paydo bo‘lish mexanizmi oddiy: diqqat markazida bo‘lishi kerak bo‘lgan narsaga yetarlicha eʼtibor bermaslik, nima bo‘layotganiga qiziqmaslik, bo‘sh vaqtning haddan ortiq ko‘p bo‘lishidir.
Zerikkan odam avvaliga shunchaki salbiy fikrlarga berila boshlaydi, keyin esa unga butunlay botib qoladi. G‘ayrat, qiziqish ko‘rinishidagi chalg‘ituvchi omillarning yo‘qligi tufayli fikrlar rivojlana boshlaydi va depressiya belgilarini shakllantiradi: apatiya, melankolik, yomon kayfiyat. Zerikish tufayli bo‘sh vaqtni odam o‘z holatini tahlil qilishga bag‘ishlashni boshlaydi, bu esa depressiv ko‘rinishlarni kuchaytiradi.
Bekorchilik va zerikish nafaqat depressiyaning rivojlanishi uchun, balki boshqa baʼzi ruhiy kasalliklar: nevroz, tashvish, qo‘rquv va fobiyani keltirib chiqaradigan “zuvala” hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Smart pinky” smartfon foydalanuvchilari orasida barmoqning deformatsiyasi kuchayishi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi







