Sport

“Barselona” klubida norozilik boshlandi

Kataloniyaliklar klub shifokorlari ishidan xavotirda.

“Barselona” klubida norozilik boshlandi

 

Xabarlarga ko‘ra, futbolchilarning juda ko‘p jarohat olishlari aynan shifokorlarning muvaffaqiyatsizligi bilan bog‘liq hisoblanadi.

 

Futbolchilar joriy mavsumda jamoa shifokorlari bilan qattiq tortishgani aytilmoqda. Shu bilan birga, tibbiyot shtabi xodimlari “Barselona”ning avvalgi murabbiyi Ronald Kuman va uning yordamchilari bilan ham bahslashgan.

 

Hozirda “Barselona” klubiga yangi murabbiy sifatida saylangan Xavi ham shifokorlar ishidan xavotirda ekanligini aytib o‘tgan. U klubning sport direktori Mateu Alemani bilan vaziyatni muhokama qilishga ham ulgurgan.

 

Hozirda “Barselona” shifoxonasida 11 nafar futbolchi davolanmoqda. Pedri, Dembele, Roberto, Gonsales, Pike, Garsiya va Fatida oyoq mushaklari bilan bog‘liq muammolar bor. Neto grippga chalingan, Aguero esa yurak og‘rig‘ini boshdan kechirmoqda. Braytwaite tizzasida operatsiya qilingan bo‘lsa, Destda bel og‘rig‘i mavjud.

 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Barselona” klubi Ispaniya chempionatining turnir jadvalida 17 ochko jamg‘argan holda 9-o‘rinni egallab turibdi.

 

Avvalroq  Xavi bilan muzokaralar ko‘ngildagidek o‘tgani va investitsiya fondlari “Barselona”ga Holandni sotib olishga yordam bermoqchiligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

Ronaldinio yana maydonda: afsonaviy futbolchi rasmiy o‘yinda qatnashmoqda

46 yoshli futbolchi Italiyaning “Ravenna” klubi safida “Forli”ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

O‘rtoqlik uchrashuvi: O‘zbekiston Rossiyaga imkoniyatni boy berdi

Mezbonlar ikki to‘p farqi bilan oldinda borayotganiga qaramay, ustunlikni saqlab qola olmadi.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.