Namanganda mast fuqaro qo‘shnisining uyini yoqib yubordi
Bu haqda IIBga videomurojaat kelib tushgan.

7-noyabr kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani "Barkamol" MFYda soat 22:10 atrofida spirtli ichimlik ichgan shaxs shovqin-suron ko‘tarib, aholi tinchini buzib, u ham yetmaganidek, qo‘shnisining uyini yoqib yuborgan.
Shundan so‘ng voqea joyiga mahalla noziri, posbonlari va FVV xodimlari yetib kelgan. Yong‘in bartaraf etilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Namanganda ikki uyning tomi yonib ketgani hamda NamDUga qarashli talabalar yotoqxonasida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







