2021 yil uchun dunyoning eng xavfli va xavfsiz shaharlari nomi eʼlon qilindi
Venesuela poytaxti Karakas rasman dunyodagi eng xavfli shahar deb tan olingan.

“Numbeo” veb-saytida dunyoning eng xavfli va xavfsiz shaharlari ro‘yxati eʼlon qilindi, u butun dunyo bo‘ylab Internet foydalanuvchilari maʼlumotlari asosida yashash sifati va narxi ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yirik maʼlumotlar bazasi hisoblanadi.
Mutaxassislar 431 ta yirik shaharlarida xavfsizlik darajasi o‘rganishgan
Qayd etilishicha, bu reytingni baʼzi davlatlar rasmiy maʼlumotlariga yoki jinoyatchilik darajasi bilan bog‘liq tadqiqot natijalarini yoqlamadilar. Chunki, ular o‘z mamlakatlarini dunyoga haqiqatdan ham ijobiyroq maʼlumotlarni ko‘rsatishni xohlaydi, boshqalari esa bunday maʼlumotlarni umuman nashr etmaslikni afzal ko‘radi.
Qizig‘i shundaki, dunyodagi eng xavfli shaharlar o‘ntaligining 4 tasi Janubiy Afrikaga va 3 tasi Braziliyaga berilgan. Birlashgan Arab Amirliklari esa dunyodagi eng xavfsiz shaharlar o‘nligida bir vaqtning o‘zida uchta o‘rinni egalladi.
Abu-Dabi
Abu-Dabiga allaqachon tashrif buyurgan ko‘plab isroilliklar nafaqat bu shaharda xizmat ko‘rsatishning yuqori darajada bo‘lishi, balki hamma joyda ularga “hamroh” bo‘lgan xavfsizlik hissi haqida hayajonlaib gapirishadi. Haqiqatdan ham, Abu-Dabi dunyodagi eng xavfsiz shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi.
Isroil
So‘rovda Isroilning 3 ta shahri ishtirok etdi, ularda Quddus 287-o‘rinda, Xayfa 369-o‘rinda va Tel-Aviv 381-o‘rinda (bu yerda 1-o‘rin eng xavfli va 431-o‘rin eng xavfsiz) deb topildi.
Umumiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021 yil uchun dunyodagi eng xavfli 10 ta shahar nomi eʼlon qilindi. Bular:
1. Karakas, Venesuela
2. Port Moresbi, Papua-Yangi Gvineya
3. Pretoriya, Janubiy Afrika
4. Durban, Janubiy Afrika
5. Yoxannesburg, Janubiy Afrika
6. San Pedro Sula, Gonduras
7. Piyetermaritzburg, Janubiy Afrika
8. Natal, Braziliya
9. Fortaleza, Braziliya
10. Rio-de-Janeyro, Braziliya
Shu bilan birga, 2021 yil uchun dunyodagi eng xavfsiz 10 ta shahar nomi ham eʼlon qilindi:
1. Abu-Dabi, OAE
2. Doxa, Katar
3. Taybey, Tayvan
4. Kvebek, Kanada
5. Syurix, Shveysariya
6. Shardja, OAE
7. Dubay, OAE
8. Eskishexir, Tursiya
9. Myunxen, Germaniya
10. Triyest, Italiya
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Daniyada dunyodagi eng baland qum saroyi yasalgani hamda Dunyodagi 11 ta davlat josuslik tizimi orqali siyosatchilarni kuzatgani maʼlum qilingani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi







