Salomatlik

Singapurda koronavirusga qarshi emlanmaganlarning bepul asosda davolanishi bekor qilindi

Yangi tartib dekabr oyidan kuchga kiradi.

Singapurda koronavirusga qarshi emlanmaganlarning bepul asosda davolanishi bekor qilindi

 

Singapurda dekabr oyidan boshlab koronavirusga qarshi emlanmagan fuqarolarning tibbiy xarajatlari to‘lab berilmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Interfax xabar berdi.

 

“Hozirgi kunda emlanmagan fuqarolar stansionar davolanishga muhtoj insonlarning katta qismini tashkil etadi va ular bizning sog‘liqni saqlash resurslarimizga juda katta yuklama bo‘lib qolmoqda”, – deyiladi Singapur sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida.

 

Shu bilan birga bayonotda 8 dekabrdan boshlab Covid-19‘ga qarshi emlanmagan fuqarolardan tibbiy xizmat uchun to‘lov talab qilinishi qayd etilgan. Bu faqat 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va salomatligi tufayli vaksina ololmaydigan bemorlar uchun tatbiq etilmaydi.

 

Avvalroq Singapurda koronavirusga qarshi emlanmaganlar uchun yangi cheklovlar joriy etilgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"