Endi Covid-19ga qarshi vaksina qabul qilmaganlar kafe va savdo markazlariga bora olmaydi. Faqat supermarketlarga istisno tariqasida tashrif buyurish mumkin. Shuningdek, ko‘ngilochar xiyobonlar, turizm obyektlari va boshqa jamoat joylariga borishga taqiq qo‘yildi. Faqat to‘liq ikki doza bilan emlanganlar istalgan joyga tashrif buyurishi mumkin. Bundan tashqari, kafe va restoranlarda bir stol atrofida ikki kishidan ortiq o‘tirish mumkin emasligi belgilandi.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Singapurda 120 mingdan ortiq kishi koronavirus bilan kasallangan. Mamlakatda jami 9.5 million doza vaksina qo‘llanilgan.
Bundan avval koronavirus Uxanda 2019 yildayoq tarqalgan bo‘lishi mumkinligi hamda Bayden AQSHning koronavirusga qarshi vaksinalarni beg‘araz berayotgani xabar qilingandi.


