Lifestyle

Yashaganingiz uchun pul to‘laydigan davlatlar haqida eshitganmisiz?

Ha, adashmadingiz, shunday davlatlar borki, u yerga ko‘chib borganingiz uchun sizga davlat pul to‘laydi.

Yashaganingiz uchun pul to‘laydigan davlatlar haqida eshitganmisiz?

 

 

Alyaska, AQSH

 

Bu yerda siz o‘zingizni Jek London romani qahramonlaridan biridek his qilish imkoniga egasiz. Oltin qidirasizmi, baliqchilik kemasiga yollanasizmi yoxud o‘z biznesingizni tashkil etasizmi: xohlasangiz bo‘ri terisini sotishingiz mumkin. Hukumatdan bu yerga ko‘chib kelganingiz uchun 2000 AQSH dollari olishni unutmang. 

 

Utrext, Niderlandiya 

 

Niderlandiya hududida so‘zsiz daromad dasturi o‘tgan 2016 yildan amalda. Utrext fuqarolari, ishlasa-ishlamasa, oyiga 1 ming yevro pul olishadi. 

 

Detroyt, AQSH

 

 Hozirda, shahar tom maʼnoda achinarli kunlarni boshidan kechirmoqda. Bu yerda istiqomat qilish, jinoyatchilik keng tarqalgani sababli, xavfli ham bo‘lishi mumkin. Ammo, Amerika Detroytni qayoqdagi jinoyatchilar qo‘liga topshirish niyatida emas. Shaharni tiklash bo‘yicha ishlab chiqilgan Live Dovntovn dasturi turarjoy xarid qiluvchilarga 20 ming dollar miqdorida foizsiz kredit berishni yo‘lga qo‘ygan.

 

Misima, Yaponiya

 

Misima aholi punkti uchta uncha katta bo‘lmagan oroldan iborat. Bu 400ga yaqin odam uchun ancha ko‘p. Shu sababli, viloyat munitsipaliteti bu yerga ko‘chib kelganlarga ilk 3 yilda har oy ming dollarga teng mahalliy pul to‘lab beradi.

 

Nyu-Heven, Konnektikut

 

Davlat uy xarid qilishni istaganlarga 10 ming AQSH dollari miqdorida foizsiz kredit berishni yo‘lga qo‘ygan. Agar siz u yerda 5 yil yashasangiz, davlat sizga berilgan kreditdan voz kechadi. Uy esa shubhasiz, sizniki bo‘ladi.

 

Matsayker oroli, Tasmaniya

 

Qachonlardir, bolalikda dengiz sohilida mayoq qorovuli bo‘lishni orzu qilganlar uchun eng munosib joy. Tasmaniya orolining naq sohilida joylashgan orolchada yashashni xohlovchilarga mamlakat hukumati nafaqat bepul uy, balki doimiy ish ham berishni vaʼda qilmoqda. 

 

Ponga, Ispaniya

 

Ispaniyaning Asturiya knyazligida mamlakatning eng qadimgi qishloqlaridan biri mavjud. U yerni mahalliy aholining tark etishi mamlakat hukumatini jiddiy tashvishlantirmoqda. Shu sababli, mintaqa madaniyatini tiklash maqsadida ispaniyaliklar bu yerga ko‘chib kelishga ahd qilgan yosh oilaga bir martalik 3 ming yevro to‘lashga qaror qilishdi.

 

Avvalroq O‘zbekistonga sayohat uchun talab 46 foizga oshgani, dunyo bo‘ylab sayohat qilishga undaydigan 7 ta ajoyib qahvaxona hamda Jahon musulmonlari sayohati indeksi reytingida O‘zbekiston 16-o‘rinni egallagani haqida xabar berilgandi.

Yashaganingiz uchun pul to‘laydigan davlatlar haqida eshitganmisiz? | Zamon.uz