Endilikda pensiya hisob- varag‘ida qancha mablag‘ yig‘ilganini bilish mumkin
O‘zbekistonda “Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob-varag‘i holati haqida maʼlumot”ga ega bo‘lish, maʼlumotnomani tez va oson yuklash imkoniyati mavjud.

Buning uchun my.gov.uz manziliga murojaat qilish kerak.
Aksariyat fuqarolar 2005 yildan amaliyotga joriy qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunidan bexabar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob - varag‘idagi mablag‘ nafaqaga chiqqanida har oy oladigan pensiya pulidan tashqari mablag‘ ekanligidan ham boxabar emas.
Bunday maʼlumotga ega bo‘lganlar esa hisob-varag‘iga qancha mablag‘ yig‘ilganini bilish uchun bankka qatnab turishadi. Bunga asosiy sabab, nafaqaga chiqqanda yillar davomida to‘planib turgan mablag‘ni (har oylik pensiyadan tashqari) bir marotaba ulgurji yoki bo‘lib-bo‘lib olish imkoniyati borligidadir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi o‘rtacha pensiya miqdori qanchaligi maʼlum bo‘lgani hamda pensiya va nafaqalar qanday hollarda tekshirilmasligi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







