O'zbekiston

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida qariyb 10 milliardlik mablag‘  talon–taroj qilindi

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida qariyb 10 milliardlik mablag‘  talon–taroj qilindi

 

Qayd etilishicha, tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasida byudjet mablag‘larining to‘g‘ri yo‘naltirilishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi.

 

Tekshiruvda klinika mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan byudjet mablag‘larining maqsadsiz sarf qilinishi, o‘zlashtirishidagi noqonuniy faoliyati tekshirildi. Shuningdek, talon-taroj qilish holatlari, aslida ishlamagan xodimlar uchun oylik ish haqlari to‘lab kelinishi, tibbiyot texnikalaridan foydalanish, pullik tibbiy xizmat ko‘rsatishdan tushgan mablag‘larning maqsadsiz sarflanishi, davlat xaridlarini amalga oshirishda bir qator qonunbuzilishi holatlari aniqlangan. 

 

Maʼlum bo‘lishicha, klinika faoliyatida jami 9 mlrd. 747 mln. 598 ming so‘mlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan bo‘lib, shundan 586.798.200 ming so‘mlik byudjet mablag‘lari rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilinganligi fosh etildi.

 

Bosh prokuratura Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining ko‘p tarmoqli klinikasi mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 447 ta shirkatda 163 ta 12,9 milliard so‘m miqdoridagi qonunbuzarlik holati aniqlangani hamda  Sergelida 325 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan bank kassiri va bosh mutaxassisga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"