Jamiyat

Toshkentning uchta tumani vaqtincha gaz taʼminotidan uzib qo‘yiladi

11-noyabr soat 10:00 dan 18:00 ga qadar Toshkentning Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Toshkentning uchta tumani vaqtincha gaz taʼminotidan uzib qo‘yiladi

 

Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumani “Turon” ko‘chasidagi yer usti D - 76 mm o‘rta bosim gaz quvurini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlari sababli, Ustabayeva, “Turon”, “Jasorat”, “Sho‘rtepa” ko‘chalaridagi 425 ta xonadonda hamda ushbu manzildagi barcha ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.

 

 Yakkasaroy tumani, Janubiy vokzal hududidagi yer osti o‘rta bosim D-400 mmli konpensator nosoz holatga kelganligi sababli yangisiga almashtirish ishlari ortidan “Bog‘ibo‘ston”, 2 - berk S. Nasafiy, Hushtepa, Yakkasaroy, ko‘chalaridagi 208 ta yerli, U. Nosir ko‘chasidagi 30 ta ko‘p qavatli uydagi 660 ta xonadonda hamda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzillardagi 25 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti ham vaqtincha o‘chiriladi.

 

Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasidagi taʼmirlash ishlari sababli ertaga, 11 noyabr kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha Maxtumquli ko‘chasidagi 14 ta ko‘p qavatli uylardagi 1008 ta xonadonlarda hamda ushbu manzildagi barcha ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shayxontohur viloyatining “Sebzor” va “Nurafshon” ko‘chalari chorrahasida D-89 mm o‘rta bosimli gaz quvurini taʼmirlash munosabati bilan gaz taʼminotidan uzilishi hamda Toshkentning ikki tumanida gaz taʼminoti vaqtincha uzib qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

 

Shuningdek,  tabiiy gaz uchun to‘lovlar onlayn tizimga o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Toshkentning uchta tumani vaqtincha gaz taʼminotidan uzib qo‘yiladi | Zamon.uz