Turkiy kengashning yangi binosi oldida bayroqlar ko‘tarildi
Istanbul shahrida Turkiy kengash kotibiyatining yangi binosi oldida bayroq ko‘tarish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va qardosh mamlakatlar rahbarlari ishtirok etishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda Vengriya, Turkmaniston va tashkilotning bayroqlari tantanali ravishda ko‘tarildi.

Tantanali ravishda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Turkiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda Vengriya, Turkmaniston va tashkilotning bayroqlari ko‘tarildi.
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an tadbir ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yana-da rivojlantirish muhim ekangini taʼkidladi hamda ushbu kotibiyat tashkilot maqsad va vazifalarini amalga oshirishda bundan buyon ham muhim o‘rin tutishiga umid bildirdi.


Turkiy kengash kotibiyati joylashgan bino XIX asr boshida barpo etilgan hamda Istanbul shahrining Fotih tumanida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahrida o‘tkaziladigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun 11-12 noyabr kunlari Turkiya Respublikasida tashrif bilan bo‘lishi hamda 11 noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.







