Jahon

Rossiyada koronavirusni davolash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir etuvchi birinchi inyeksion preparat yaratildi

Undan shu yil oxiriga kelib kasalxonalarda foydalanish boshlanadi.

Rossiyada koronavirusni davolash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri taʼsir etuvchi birinchi inyeksion preparat yaratildi

 

Bu haqda TASS xabar berdi.

 

"Birinchi mahalliy to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomir ichiga yuboriladigan virusga qarshi dori Areplivir (favipiravir) ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasini oldi va yil oxirigacha barcha hududlardagi shifoxonalarga yetkaziladi", — deyiladi xabarda.


“Biochemist” OAJ bazasida preparatni to‘liq hajmda ishlab chiqarish va uni Rossiyadagi tibbiyot muassasalariga yetkazib berish 2021-yil dekabr oyida boshlanadi. Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Dmitriy Pushkar boshchiligidagi klinik tadqiqot yangi preparatning shifoxonalarda qo‘llanganda samaradorligi va xavfsizligini tasdiqladi.


Yakuniy qaror Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan koronavirusning oldini olish, tashxislash va davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalarni navbatdagi qayta ko‘rib chiqilishida qabul qilinadi.


Eslatib o‘tamiz, bu haftada Rossiyada pandemiyadan kunlik o‘lim darajasi birinchi marta 1200 kishidan oshdi. Rossiya dunyoda birinchi bo‘lib ushbu infeksiyaga qarshi vaksina yaratilganini eʼlon qilgan bo‘lsa-da, mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq halokatli vaziyat mavjud.


Avvalroq Shimoliy Koreyada korinavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaradigan yirik kompaniyaga kiberhujum uyushtirilgani haqida xabar berilgandi.

 

Nasiba To‘xtayeva

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Zaparojjyaga aviabomba tashladi: 24 kishi halok bo‘ldi

Viloyatning Komyshevaxa qishlog‘idagi gumanitar yordam tarqatish markazi va boshpanaga zarba berildi.

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqiga qarshi Germaniya sudida muhim g‘alabaga erishdi — Die Welt

Usmonov Yevropa Ittifoqidan o‘zi haqidagi asossiz ma’lumotlarni tarqatishni to‘xtatishni talab qilib sudga murojaat qilgan.

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Rossiya Gana fuqarolarini Ukrainadagi urushga yollamaydi: Putin va’da berdi

Gana fuqarolari shaxsiy tashabbusi bilan ham urushga bora olmaydi.

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Zelenskiy ikki shartni ilgari surdi: Rossiya neft zavodlariga zarbalar toʻxtatilishi mumkin

Shuningdek, Ukraina AQShdan Patriot raketalarini bir oy muddatga yetkazib berishni so'ragan va buning uchun toʻlov qilishga tayyorligini bildirgan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.