1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaradigan yirik kompaniyaga kiberhujum uyushtirildi

Bu Shimoliy Koreya xakerlari tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqaradigan yirik kompaniyaga kiberhujum uyushtirildi

 

Shimoliy Koreya xakerlari yirik tibbiy-biologiya kompaniyaga kiberhujum uyushtirishga urinib ko‘rdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, nomi sir qolishini istagan kompaniya SolarWinds korporatsiyasiga uyushtirilgan xakerlik hujumlariga o‘xshash tahdidlarga duch kelgan. Ammo kiberjinoyatchilar kompaniya maʼlumotlarini o‘g‘irlashidan oldin ularning harakatlariga chek qo‘yilgan. Kompaniya Covid-19‘ga qarshi vaksina ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

 

Secureworks tashkilotining maʼlum qilishicha, xakerlar MSP tizimi orqali korporatsiya maʼlumotlar bazasini buzib kirishga uringan.

 

Avvalroq Buyuk Britaniya razvedkasi Shimoliy Koreyani birlashgan qirollik sog‘liqni saqlash tizimiga kiberhujum uyushtirishda ayblagan edi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика