Eng dolzarb

Qashqadaryoda pirotexnika vositalarining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryoda pirotexnika vositalarining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi

 

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish, bojxona auditi bo‘limi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Qarshi shahrida joriy yilning 6-noyabr kuni soat 05:30larda Qarshi shahrida joylashgan “Cheburek” choyxonasi oldida fuqaro N.A noqonuniy ravishda pirotexnika vositalari sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.


Qayd etilishicha, fuqaro N.A.ga tegishli pirotexnika vositalari boshqarma maʼmuriy binosiga olib kelinib, xolislar ishtirokida to‘liq ko‘zdan kechirilganida umumiy qiymati 8 million 400 ming so‘mlik 42 blokdan iborat “Britanik” va “Treniya" yozuvli noqonuniy pirotexnika vositalari borligi maʼlum bo‘ldi.

 

Shuningdek, tezkor tadbir davomida Qarshi shahar Chaqar maxallasida yashovchi N.A. Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan 50 blok “Soloveyraz Voynik” nomli taxminiy bahosi 6 million 200 ming so‘m bo‘lgan pirotexnika vositalari ko‘chada sotayotgan vaqtida ushlandi.

 

Ayni vaqtda har ikkala holat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtinchalik saqlovga olindi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 8800 dona pirotexnika vositalarini noqonuniy ravishda sotayotgan, Toshkentda “kleksan” dori vositasini noqonuniy muomalaga kiritayotgan shaxslarning qo‘lga olingani, noqonuniy dori vositalari manziliga yetib bormagani hamda zangiotalik fuqaro 91,5 million so‘mlik “Remdesivir” dori vositasini 12 ming dollarga sotishga uringani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"