Jahon

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning dengizdagi ta’minot yo‘llariga qo‘yilgan blokadani quruqlikdagi yo‘nalishlarga ham kengaytirmoqda.

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning qurol-yarog‘ va boshqa materiallarni quruqlik orqali tashishiga to‘sqinlik qilish uchun Iron Gate maxsus guruhini tashkil etdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi, deya yozdi Al Jazeera.

 

Yangi tuzilma AQSHning Hormuz bo‘g‘ozidagi Eron portlariga nisbatan dengiz blokadasini kengaytirish doirasida tashkil etilgan. Guruh Florida shtatining Tampa shahrida joylashadi va AQSH hukumatining boshqa idoralari bilan hamkorlik qiladi.

 

CENTCOM ma’lumotiga ko‘ra, maxsus guruh Eronning quruqlikdagi chegaralari va Kaspiy dengizi orqali qurol tizimlari, ikki maqsadda foydalaniladigan texnologiyalar, sanksiyalar ostidagi materiallar hamda noqonuniy daromadlar harakatini to‘xtatish bilan shug‘ullanadi.

 

AQSH mudofaa vazirining Yaqin Sharq bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Maykl Malroyning fikricha, guruh qurol-yarog‘ yetkazib berish yo‘llarini aniqlash va ularni to‘sish imkoniyatlarini o‘rganadi. Uning ta’kidlashicha, AQSH prezidenti Donald Tramp urushni kengaytirishga qaror qilsa, navbatdagi zarbalar Eronning iqtisodiy va infratuzilmaviy obyektlariga qaratilishi mumkin.

 

Shu bilan birga, CENTCOM shanba kuni Ummon ko‘rfazida Eron portlariga nisbatan joriy etilgan blokadaga bo‘ysunmagan savdo kemasini ishdan chiqarganini bildirdi. Sent-Kits va Nevis bayrog‘i ostida suzayotgan M/V Huda kemasining orqa qismiga AQSH harbiy samolyoti zarba bergan.

 

Qo‘mondonlik ma’lumotiga ko‘ra, iyul oyidan buyon AQSH kuchlari blokada doirasida 147 ta tijorat kemasining yo‘nalishini o‘zgartirgan, talablarni bajarmagan beshta savdo kemasini esa ishdan chiqargan.

 

Boshqa tomondan, Eronning IRNA axborot agentligi shanba kuni Qeshm orolida ikkita, Jask, Sirik va Bandar-Abbos shaharlarida esa bir nechta portlash ovozi eshitilganini xabar qildi. AQSH prezidenti Donald Tramp bir kun avval Qeshm oroliga yangi zarbalar berilganini tasdiqlagan, biroq ularni «kichik» deb atagan edi.

 

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Harbiy-dengiz kuchlari esa Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida ikkita neft tankeriga dengiz minalari tegganini ma’lum qildi. Eron davlat televideniyesiga ko‘ra, navigatsiya tizimlarini o‘chirgan holda bo‘g‘ozning xavfli qismidan o‘tgan tankerlar jiddiy shikastlanib, harakatdan to‘xtagan.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

903 ta dron va 4 ta Neptun raketasi: Rossiya bir kunlik hisobotni e’lon qildi

So‘nggi 24 soatda Ukraina dronlari, “Neptun” raketalari va boshqariladigan aviabombalari urib tushirilgan.

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

48 soatda 12 davlat bilan muloqot: Eron vaziri mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi

Aroqchi Ummon, Misr, Turkiya, Saudiya Arabistoni va boshqa 8 davlat tashqi ishlar vazirlari bilan maslahatlashuv o‘tkazdi.

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Trampga suiqasd tahdidi: Oq uy yaqinida qurollangan erkak hibsga olindi

Uning avtomobilidan miltiq, ikkita to‘pponcha va o‘q-dorilar topilgan.

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

20 million dollargacha mukofot: AQSh Eron yadro dasturi haqida ma’lumot izlamoqda

Mukofot Eronning yadroviy obyektlari, uskunalari, ularning joylashuvi va tegishli xodimlar haqidagi ma’lumotlar uchun beriladi.

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralar sanasini tasdiqladi: uch tomonlama uchrashuv BAAda o‘tadi

Muzokaralarda hududiy masalalar, xavfsizlik kafolatlari va gumanitar operatsiyalar muhokama qilinishi kutilmoqda.