Eng dolzarb

Buxoroda qo‘lga olingan qidiruvdagi shaxs IIB xodimiga pora taklif qildi

U 4 million 200 ming so‘m va 100 AQSH dollarini pora tariqasida bergan.

Buxoroda qo‘lga olingan qidiruvdagi shaxs IIB xodimiga pora taklif qildi

 

So‘nggi kunlarda turli soha xodimlariga pora berganlarning ushlangani to‘g‘risidagi xabarlar ko‘p uchramoqda. Eng achinarlisi, pora bergan shaxslar javobgarlikka tortilmoqda. Biroq, pora berishga undaganlar esa javobgarlikdan chetda qolmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘yicha bo‘limi, Departamentning viloyat boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi katta tezkor vakilining Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i nomiga yozgan bildirgisi asosida tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 12-noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi “B” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Aniqlanishicha, sud-tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda qidiruv eʼlon qilingan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, taxminan soat 21:00 larda Buxoro shahar IIO FMB 4-sonli IIB binosidagi xizmat xonada tezkor xodimga 4 million 200 ming so‘m va 100 AQSH dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ushlanib, belgilangan tartibda hujjatlashtirilgan.

 

Qayd etilishicha, Buxoro shahar IIO va FMB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qidiruv” tezkor profilaktik tadbiri davomida Buxoro shahrida qo‘lga olingan. Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Boyovut-1 mahallasida ro‘yxatda turuvchi 1983 yilda tug‘ilgan Yu.J., o‘ziga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llamaslik evaziga ichki ishlar organi xodimiga 500 AQSH dollari pora berishni taklif qilgan.

 

Hozirda ushbu holat Yu.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Qo‘qon shahrida IIO xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi.

 

Avvalroq Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva tuman bo‘limi tomonidan firibgarlik jinoyati, Andijonda tijoratda pora evaziga og‘dirib olish holati fosh bo‘lgani, Toshkent viloyatida fuqaroni ozodlikka chiqarib berishni vaʼda qilgan firibgarlar qo‘lga tushgani hamda qonun himoyachisi jinoyat ustida qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Buxoroda qo‘lga olingan qidiruvdagi shaxs IIB xodimiga pora taklif qildi | Zamon.uz