Toshkentda ikki nafar yosh qizning janjaliga nima sabab bo‘ldi?
Ularga nisbatan "Mayda bezorilik” bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.

Ijtimoiy tarmoqda ikkita yosh qiz o‘rtasidagi kelishmovchilik aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlumot taqdim etdi.
Maʼlum qilinishicha, 16-noyabr kuni Shayxontohur tumanida 16 yoshli X.E. (jabrlanuvchi) dugonasi bilan birga 18 yoshli M.K. bilan o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keladi. X.E. kelishmovchilikka barham berish maqsadida “Eshonguzar” mahallasi hududida uchrashadi.
Qayd etilishicha, ular orasida yana kelishmovchilik avj oladi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda 17 yoshli bola tengdoshini pichoqlab qo‘ygani, Qashqadaryoda somon talashib pochchasini o‘ldirib qo‘ygan shaxs 18 yilga qamalgani hamda Namanganda erkak tanish ayolining “Malibu-2”sini yoqib yuborgani haqida xabar berilgandi.







