Krishtianu Ronaldu: “Men uning keyingi faoliyatida omad tilayman”
“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu “qizil iblislar” bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan Ole-Gunnar Sulsher haqida fikr bildirdi:

“Men “Old Trafford”ga birinchi bor kelganimda u futbolchi edi. Keyinchalik jamoaga qaytganimda u mening murabbiyimga aylandi. Ole - ajoyib inson. Men uning keyingi faoliyatida omad tilayman”.
Eslatib o‘tamiz, Sulsher 2018 yilda “Manchester Yunayted”ni qabul qilib olgandi. “Manchester Yunayted” hozirda Angliya chempionatining 12 ta o‘yinida 17 ochko to‘plagan holda APL turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.
Avvalroq “Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarilgani va Ronaldu Manchesterdan ketmoqchiligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







