Salomatlik

"Kecha bir bemor mashinada klinik o‘lim holatiga tushdi"— SSV holat yuzasidan izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo‘l tumani tez tibbiy yordam stansiyasi shifokorlarining videolavhasi tarqaldi. Unda stansiyaning ikki xodimasi tez yordam “Damas”ining xizmatga yaroqsizligi haqida shikoyat bildirgandi.

"Kecha bir bemor mashinada klinik o‘lim holatiga tushdi"— SSV holat yuzasidan izoh berdi

 

“Biz tez yordam xalqqa foydamiz tegsin, odamlar shifo topsin, deb harakat qilyapmiz. Lekin tepadagi Sog‘liqni saqlash vazirligidagilar, avtomobil bo‘yicha mas’ullar bizni ham tushunsa bo‘lardi. Bemorlar uchun dori-darmonlarimiz yetarli, lekin mashina tomondan juda qiynalyapmiz.

Kecha bir bemor mashinada klinik o‘lim holatiga tushdi. Lekin yo‘llar tirband, avtomobilning na migalkasi bor, na signalizasiyasi ishlaydi. Hatto signal ham ishlamaydi, rasiya yo‘q. Hech kim yo‘l bermaydi! Endi boshimizni derazadan chiqarib “yo‘l bering” deb baqirib keta olmaymiz-ku?!

Mashinaning orqasiga kimnidir o‘tqizadigan bo‘lsak, eshigi qulflanmaydi. Bemorning o‘zi ham tushib qolishi mumkin. Kim o‘z yaqinini shu mashinaga ortishni xohlaydi?!” – deyiladi murojaatda. 

 

Ikkinchi shifokor ham shu “Damas”da bemor klinik o‘lim holatiga tushgani va qiyin ahvolda qolgani haqida gapirdi.

 

Sog‘liqni saqlash vazirining matbuot kotibi Furqat Sanayev yuqoridagi holatga rasmiy izoh bildirdi.

 

“Shifokorlarimizning e’tirozlari o‘rinli, shu sababli ushbu murojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kunning o‘zidayoq, Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holatni darhol nazoratga oldi.

Aniqlanishicha, chindan ham Yangiyo‘l tuman tez tibbiy yordam bo‘limining davlat raqami 10 236 DAA bo‘lgan “Damas” rusumli tez tibbiy yordam avtomashinasi eskirib, yaroqsiz holga kelgan. Xususan, o‘rganish davomida avtotransport vositasining orqa eshigi yaxshi yopilmasligi, ovoz chiqaruvchi (sirena-signal) moslamasi hamda ogohlantiruvchi chiroq (migalka)lari ishlamasligi ma’lum bo‘ldi. Shu sababli texnik nosoz tez tibbiy yordam avtomashinasi zaxiraga olinib, texnik soz holatdagi avtomashina bilan almashtirildi.

Shuningdek, Toshkent viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ixtisoslashtirilgan avtobazasiga qarashli Yangiyo‘l tuman filiali bo‘limi mexanigi R.N. o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qaragani uchun lavozimidan ozod etildi”, – deydi F.Sanayev.

 

Ma’lumot uchun, o‘tgan 2020-yilda Toshkent shahar “Tez yordam” stansiyasiga 150 dona “Ford” rusumli reanimasion tibbiy apparatlar bilan jihozlangan avtomashinalar xarid qilingan.

 

Avvalroq SSV tasarrufida maxsus "Call-markaz" ishga tushirilgani haqida xabar bergandik.

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

"Kecha bir bemor mashinada klinik o‘lim holatiga tushdi"— SSV holat yuzasidan izoh berdi | Zamon.uz