"Bu murojaatlarning aksariyati “Сall-markaz”ga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan hal qilinsa, bir qismi olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan bo‘ladigan ochiq muloqotda O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkaziladi".
Mazkur “Сall-markaz”ning #1295 raqamlari Yangi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining buguni va ertasiga befarq bo‘lmagan tibbiyot xodimlarining faoliyatlari bilan bog‘liq masalalar, tizimdagi muammolar va sohani yana-da rivojlantirishga turtki beradigan g‘oya va takliflari uchun ishlashni boshladi.
Maʼlumot uchun: Sog‘liqni saqlash vazirligi yurtimizda tibbiyot sohasini yana-da rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni ijobiy hal qilish maqsadida ushbu markazni ishga tushirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq qisqa raqamli 1003 “Call-markazi”ga so‘nggi o‘n kunda qariyb 13 900 ta murojaat kelib tushgani, Toshkentda “Tez yordam” xizmatiga bir kunda o‘rtacha 4700 ta chaqiruv kelib tushayotgani hamda murakkab operatsiyalar narxi O‘zbekistonda 10 barobar arzonligi haqida xabar berilgandi.


