Namanganda so‘nggi ikki kunda 4 ta yong‘in bo‘ldi, 6 ta xonadon zararlandi
Yong‘in Chust, Kosonsoy, Uychi tumanlari va Namangan shahridagi xonadonlarda bo‘lgan.

Joriy yilning 22 noyabr kuni soat 12:40 da Chust tumanining “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘ini Gulzor ko‘chasida yong‘in sodir bo‘lgan. Talafot oqibatida hovlida bo‘lgan 10 dona somon presslar hamda taxlab qo‘yilgan 15 dona yog‘och to‘sinlari yonib ketgan.
Sodir bo‘lgan yong‘in Chust tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan soat 13:02 da o‘chirilgan.
Tezkor harakat natijasida yong‘in sodir bo‘lgan joyning 200 kv.metr joyi saqlab qolindi.

Xuddi shu kuni Kosonsoy tumani “Taxtako‘prik” mahalla fuqarolar yig‘ini Tinchlik ko‘chasi 73-uyda ham yong‘in kelib chiqqan. Buning oqibatida yashash uyi tom qismining 25 kv.metr joyi, 150 dona preslangan somoni yonib, zararlangan. Tezkor natijalar sabab uyning 250 kv.metr joyi saqlab qolingan.

Shu kunning o‘zida uchinchi yong‘in, yaʼni 14:49 da Uychi tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga Uychi tumani "Boyog‘on" mahalla fuqarolar yig‘ini Yor ko‘chasi 47-uyda yong‘in sodir bo‘layotgangi to‘g‘risida maʼlumot kelib tushgan. Talafot sabab yashash uyining shift va tom qismidan 45 kv.metr joyi yonib zararlangan. Yong‘in tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan soat 15:18 da o‘chirilgan.
Tezkor harakat natijasida Uychi tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan 270 kv.metr joyi saqlab qolindi.

Joriy yilning 23-noyabr kuni soat tong (04:02)da Namangan shahar "Kurashxona" mahallasi Hunarmand ko‘chasi 4-berk 6-uyda yong‘in bo‘lgan. Oqibatda yashash uyining shift va tom qismidan 70 kv.metr joyi, uy-ro‘zg‘or buyumlari, uy egasiga tegishli hujjatlari hamda qo‘shnisi yashash uyining shift va tom qismidan 20 kv. metr joyi hamda qisman uy-ro‘zg‘or buyumlari, shuningdek, qo‘shnisi 2-berk 2-xonadonning yashash uyining shift va tom qismidan 20 kv. metr joyi uy-ro‘zg‘or buyumlari qisman yonib zararlangan.
Sodir bo‘lgan yong‘in 04:50 da o‘chirilgan.


Sodir bo‘lgan yong‘inlar natijasida insonlarni kuyish tan jarohati olish hamda halok bo‘lish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bahriniso Madumarova







