Siyosat

"Orolbo‘yini ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududiga aylantiramiz" — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Orolbo‘yi mintaqasidagi tadbirkorlarga soliq stavkasi bo‘yicha imtiyozli farmonni imzoladi.

"Orolbo‘yini ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududiga aylantiramiz" — Prezident Shavkat Mirziyoyev

 

Maʼlumki, 2021 yil 20 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti o‘tkazilgan.

Uchrashuv doirasida  belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator vazifalar belgilandi.

 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni va yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish orqali hududga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olindi.

 

Birinchi o‘rinda, investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Xorazm viloyati hokimligining 2022 yil 1 yanvardan:

 

2031 yil 1 yanvargacha Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik subyektlari uchun foyda solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha o‘rnatilgan soliq stavkalarini 1 foiz etib belgilandi.

 

Bundan tashqari, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari ham  hisoblangan summadan 1 foiz miqdorda to‘lanishi qayd etildi.

 

Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa, Yangiariq, Yangibozor tumanlarida yangi tashkil etiladigan va shu tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlari  2025 yil 1 yanvargacha tadbirkorlik subyektlari (klasterlar bundan mustasno) bo‘yicha foyda solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini 50 foizga kamaytirildi.

 

Maʼlum tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan o‘z ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) ehtiyojlari uchun olib kiriladigan xomashyo, materiallarni bojxona bojidan ozod qilish va o‘sha hududlarda yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlarga, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qatʼi nazar, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lash bo‘yicha imtiyozli davrni 5 yil etib belgilash to‘g‘risidagi takliflar ham amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutildi.

 

Ushbu ko‘rsatmalarning ijrosini taʼminlash bo‘yicha, Moliya vazirligi 2 oy muddatda mazkur banddan kelib chiqib, Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi rejalashtirildi.

 

Qayd etilishicha, Farmonning asosiy tarkibida zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan taʼminlanadigan investitsiya loyihalari qiymati kamida 50 milliard so‘m miqdorida, yaʼni 50 milliard so‘mdan 200 milliard so‘mgacha bo‘lgan investitsiya loyihalarining xarajatlari 20 foizidan oshmasligi lozim.

 

Xorazm viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdan ortda qolayotgan va ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan 98 ta mahalla uchun 2022-2026 yillar davomida aholini tadbirkorlikka o‘qitish va jalb qilish loyihalarini amalga oshiradigan nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 milliard so‘m miqdorida kredit resurslari ajratilishi, O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan infratuzilmani rivojlantirish uchun 150 milliard so‘m mablag‘ ajratilishini taʼminlash ham ko‘rib chiqildi.

 

Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan 2022 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha Orolbo‘yi mintaqasida faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlariga korxona qurilishi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va texnikalarni respublikaning boshqa hududlaridan olib kelish hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni respublikaning boshqa hududlariga yetkazib berish bilan bog‘liq temir yo‘l transportida tashish xarajatlarining 50 foiz qismini qoplab berish belgilandi.

 

Mazkur Farmonda shunga oid bir qancha bandlar mavjud bo‘lib, asosiy maqsad Orolbo‘yi mintaqasidagi rivojlanishdan ortda qolayotgan hududlarda tadbirklrlikni rivojlantirishga qaratilgan.

 

Ushbu Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari S.U. Umurzakov va J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklatildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ertangi kuni – tadbirkorlar ekanligi hamda tadbirkorlarga 11,5  milliard so‘mlik “snos” pullari to‘lab berilishi  haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

"Orolbo‘yini ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududiga aylantiramiz" — Prezident Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz