Siyosat

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari tashkil etiladi

Keskin tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda tegishli soha va hududlar rahbarlari axborot bermoqda.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari tashkil etiladi

 

Yig‘ilishda har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi faoliyatini tashkil etish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

 

Hokim yordamchilari 1-yanvardan barcha mahallalarda faoliyatini boshlaydi. Ularning ishini samarali tashkil etish maqsadida:

 

- bir yil davomida doimiy faoliyat yuritadigan “Mahallabay ishlash shtabi” tuziladi;

- har bir tuman va shaharga vazirlik, markaziy idoralar va banklardan 1-3 nafardan masʼul xodim biriktiriladi. Ular 1 yilga tumanga xizmat safariga yuboriladi va ish joyi, oylik ish haqi saqlab qolinadi. 

- o‘zini yaxshi ko‘rsatgan hokim yordamchilari va respublika vakillari mukofotlanadi, yil natijalari bo‘yicha esa “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoniga tavsiya qilinadi;

- ularga ipoteka asosida kvartira olishda 50 foizgacha subsidiya ajratiladi;

- Bosh vazir qabulxonalari va Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi negizida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda tuman (shahar)larda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari tashkil etiladi.

"Ushbu tizimni samarali yo‘lga qo‘yishga barcha hudud va sektor rahbarlari masʼul", — dedi davlatimiz rahbari so‘zining yakunida.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlatimiz rahbari har bir hududda uy-joy qurilish klasterlari tashkil etilishini taʼkidlagandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari tashkil etiladi | Zamon.uz