Fernandeshni xafa qilishdimi?
“Manchester Yunayted”da penaltilarni Brunu Fernandesh o‘rniga Ronaldu amalga oshira boshladi.

Bundan avval Brunu 11 metrlik zarbalar sifati bo‘yicha butun Premyer-ligada birinchi o‘rinda edi. Biroq kecha oqshom “Arsenal”ga qarshi o‘yinda bu ish Ronalduga topshirildi. Fernandesh esa bu vaziyatdan xafa emasligini bildirdi:
“Bizda bu masala bo‘yicha suhbat bo‘lmagan. Endi Ronalduga o‘zimdek ishonaman. Krishtianuning yorib o‘tish vaqti keldi. Umuman olganda, zarbani kim yo‘llashi unchalik muhim emas”, - deydi Brunu.
Eslatib o‘tamiz, Fernandes “Arsenal”ga qarshi o‘yinda Manchester klubi safida o‘zining yubiley yuzinchi o‘yinida ishtirok etdi.
Avvalroq “Manchester Yunayted” sobiq darvozaboni Sulsher qabul qilgan qarorlarni tanqid qilgani va Erling Holandning keyingi klubi “Manchester Siti” bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







