Denovda sodir bo‘lgan yong‘inda vayronalar ostidan bir nafar fuqaroning jasadi topildi
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi hodisa bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berildi.

Unda aytilishcha, yong‘in o‘chirilgach vayronalar ostida olib borilgan qidiruv ishlarida bir nafar halok bo‘lgan fuqaro aniqlangan.
Mazkur hodisaning sabab va oqibatlarini o‘rganish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi voqea joyida ish olib bormoqda.
Maʼlumot uchun, 7 dekabr kuni, soat 03:57 da Denov tumanidagi “Indenim” savdo majmuasida gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq chaqnash yuzaga kelganli aytilgandi. Oqibatda 9 nafar fuqaro turli tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Chaqnash natijasida sodir bo‘lgan yong‘in FVV kuch-vositalari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in o‘chirish jarayoni 28 daqiqa davom etgan.
Avvalroq NamDUga qarashli talabalar yotoqxonasida yong‘in chiqqani hamda Namanganda so‘nggi ikki kunda 4 ta yong‘in bo‘lib, 6 ta xonadon zararlangani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







