Farg‘onada o‘z akasi uchun jinoyatga qo‘l urgan shaxs ushlandi
Voyaga yetmagan shaxs birovning avtomashinasini olib qochgan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 8 dekabr kuni soat 20:35 larda Qo‘qon yashovchi fuqaro 60 yoshli r.M. Farg‘ona viloyati IIB “102” xizmatiga murojaat qilib, unda Qo‘qon shahar Sharq mavzesi 9-sonli ko‘p qavatli uyning yonida joylashgan avtoturargohdan “Gaz-3102” rusumli avtomashinasini nomaʼlum shaxs olib qochganligini maʼlum qilgan. https://t.me/fviib_uz
Murojaat yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida bu jinoyatni Voyaga yetmagan 16 yoshli T.O. avtomashinaning eshiklarini kalit tanlash yo‘li bilan ochib, avtomashina qulfini buzgan.
Shundan so‘ng, elektr kabellarini ulash yo‘li bilan o‘t oldirib, avtoulovni Buvayda tumani Yangiqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi fuqaro P.E.ga akasining qarzi evaziga garovga berib yuborganligi maʼlum bo‘lgan.
Olib qochilgan “Gaz-3102” rusumli avtomashina E.P.dan xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hodisa yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi TIB tomonidan Voyaga yetmagan T.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda shinalar o‘rniga g‘isht qo‘yib ketayotgan o‘g‘irilar qo‘lga tushgani hamda 15 yoshli qiz o‘g‘irlikka qo‘l urgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







