Lifestyle

Ilon Mask “Yil odami”ga aylandi

“Times” jurnali milliarderni 2021-yilning “Yil odami” deb topdi.

Ilon Mask “Yil odami”ga aylandi

 

Bu haqda Reuters xabar berdi.

 

Bu yil uning elektromobil kompaniyasi dunyodagi eng qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchisiga aylangan va uning raketa kompaniyasi fuqarolik ekipajini koinotga olib chiqdi. Mask SpaceX asoschisi va bosh direktori, shuningdek, Neuralink miya chiplari startapi va The Boring Company infratuzilma firmasini boshqaradi. Tesla‘ning bozor qiymati joriy yilda 1 trillion dollardan oshdi.

 

Tesla‘ har yili yuz minglab avtomobillarni ishlab chiqaradi va taʼminot zanjiri muammolarini ko‘plab raqiblariga qaraganda yaxshiroq bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi, shu bilan birga ko‘plab yosh isteʼmolchilarni elektr avtomobillardan foydalanishga undadi.

 

“Ekzistensial inqirozga yechimlar yaratish, texnologik titanlar asrining imkoniyatlari va xavf-xatarlarini o‘zida mujassamlashtirgani, jamiyatdagi eng jasoratli o‘zgarishlarni amalga oshirgani uchun Ilon Mask “Times” jurnalining “Yil odami” deb topildi, deydi bosh muharriri Edvard Felsental.

 

O‘tgan yili AQSHning saylangan prezidenti Jozef Bayden va saylangan vitse-prezident Kamala Xarris birgalikda “Yil odami” unvoniga sazovor bo‘lgan edi.

 

Avvalroq Ilon Mask Tesla‘ aksiyalarini navbatdagi qismini sotgani xabar qilingandi. Eslatib o‘tamiz, “Forbes” nashri Ilon Maskni dunyodagi eng boy odam deb eʼlon qilgan.

 

Ilon Mask “Yil odami”ga aylandi | Zamon.uz