Jahon

Britaniya hukumati Afg‘on xalqi uchun xayriya tashkilotlariga ikki baravar ko‘p yordam bermoqda

BMT tuzilmalari orqali 165 million dollar miqdoridagi gumanitar yordam tarqatilgan.

Britaniya hukumati Afg‘on xalqi uchun xayriya tashkilotlariga ikki baravar ko‘p yordam bermoqda

 

Britaniya hukumati “Tolibon” radikal harakati jangarilari mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng, ochlik xavfi ostida qolgan Afg‘oniston aholisiga yordam berish uchun mablag‘ yig‘ishda xayriya tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlamoqda.

 

 Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

 

Britaniya Tashqi ishlar vaziri  Liz Truss ushbu yordamdan asosiy maqsad haqida gapirdi:

 

“Britaniyaliklar aql bovar qilmaydigan saxiylik ko‘rsatdi. Birlashgan Qirollik Afg‘oniston xalqi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga bel bog‘ladi. Biz bu yo‘l bilan hayotni saqlab qolish, ayollar va bolalarni himoya qilish va mintaqada barqarorlikni taʼminlash uchun yordamimizni ikki baravar oshirdik”.

 

Notinch siyosiy muhitda, iqtisodiy inqiroz, qurg‘oqchilik, oziq-ovqat tanqisligi va pandemiya sharoitida yashayotgan afg‘onlarga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun Buyuk Britaniya o‘zining  13 ta eng yaxshi xayriya tashkilotlarini xayriya qilishga chaqirdi.

 

Ushbu tashkilotlar Afg‘onistondagi vaziyat qishda 8 million odam ochlik tahdidi va keyingi 3 oyda 5 yoshgacha bo‘lgan 1 millionga yaqin bolaning o‘limi xavfi bilan bog‘liq holda “shoshilinch chora ko‘rishni” talab qilishini taʼkidladi.

 

Britaniya hukumati avgust oyida “Tolibon” hokimiyatni egallab olganidan keyin 2021 yilda 378 million dollardan ko‘paygan afg‘on aholisiga kengroq yorda berish maqsadida 13,2 million dollar ajratadi.

 

Maʼlumot uchun: shu yil bahorda AQSH o‘z qurolli kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilganidan so‘ng, “Tolibon” Afg‘oniston ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlagandi.

 

15 avgust kuni radikallar Kobulga jangsiz kirishadi, prezident Ashraf G‘ani esa respublikani tark etdi. 6 sentyabr kuni "Tolibon" butun Afg‘oniston hududi ustidan nazorat o‘rnatganliklarini eʼlon qiladi, 7 sentyabrda esa qonuniyligi hali hech bir davlat tomonidan tan olinmagan muvaqqat hukumat tarkibini eʼlon qilgan edi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon”ga  BMT  Bosh Assambleyasida o‘rin berilmasligi hamda Termizda Afg‘onistonga yordam berish maqsadida maxsus logistik markaz tuzilgani  haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Britaniya hukumati Afg‘on xalqi uchun xayriya tashkilotlariga ikki baravar ko‘p yordam bermoqda | Zamon.uz