Jamiyat

Sham yorug‘ida dars qilayotgan bolaning uyida yong‘in bo‘ldi

Bunga chiroq o‘chib, bolaning asabiga o‘ynagani sabab bo‘lgan!

Sham yorug‘ida dars qilayotgan bolaning uyida yong‘in bo‘ldi

 

Bugun, 16-dekabr kuni soat 03:20 atrofida Samarqand shahri Madaniyat MFYdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

 

Aniqlanishicha, xonadonda yashovchi bola kun davomida chiroq o‘chavergach sham yorug‘ida dars qilishga majbur bo‘lgan va o‘sha vaqtda uxlab qolgan. Chiroq yongach, uyda yong‘in sodir bo‘ladi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida xonadonnnig taxminan 3 kv.m. maydonda uy jihozlari (gilam,ko‘rpacha) yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

 

Avvalroq Namangan davlat universiteti yotoqxonasida yong'in chiqqani va Samarqanddagi bog‘da o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgani xabar qilingan edi.

 

Javohirbek Tursunov

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"