
Bugun, 9-sentabr kuni soat 08:48 larda Namangan shahar “Boburshoh” MFY, “Boburshoh” ko‘chasi, 1-uyda joylashgan Namangan davlat universitetiga qarashli 2-talabalar turar joyi binosida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushadi.
Zudlik bilan voqea joyiga Namangan shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi navbatchilik qismi xodimlari yetib borgan. Yong‘in oqibatida talabalar turar joyi 2-qavatidagi oshxonasi ichidagi bir dona muzlatgich yonib, zararlangan. Tezkor harakat natijasida yong‘in zudlik bilan bartaraf etildi.
Yong‘in oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan.
Hozirda mazkur voqea yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yunusoboddagi kafelarning birida yong‘in chiqqandi. Shuningdek, Angrenda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi.
Bahriniso Madumarova


