0

Ilon Mask 2021 yilda tarixdagi barcha amerikaliklardan ko‘proq soliq to‘lashini maʼlum qildi

Amerikalik milliarder bu yil 11 milliard dollardan ortiq soliq to‘lashini aytdi.

Ilon Mask 2021 yilda tarixdagi barcha amerikaliklardan ko‘proq soliq to‘lashini maʼlum qildi

 

“Qiziq bo‘lganlar uchun: bu yil 11 milliard dollardan ortiq soliq to‘layman”, — deb yozdi biznesmen o‘zining Twitter‘ sahifasida. 

 

Maʼlumot uchun: bir necha kun oldin Senat Elizabet Uorren Maskni “birovning hisobiga yashashni” to‘xtatishga va soliq to‘lashga chaqirgan edi. Ushbu daʼvolarga Tesla va SpaceX asoschisi bu yil mamlakat tarixidagi barcha amerikaliklardan ko‘ra ko‘proq soliq to‘lashini aytdi.

 

Bundan tashqari, Forbes reytingiga ko‘ra, noyabr oyida Ilon Mask tarixda boyligi 300 milliard dollardan oshgan birinchi shaxs va o‘tgan hafta u Amerikaning Time jurnali va Britaniyaning The Financial Times  gazetasiga ko‘ra yil odami bo‘lgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tesla” bolalar uchun eng xavfsiz “Cyberquad”ni sotuvga qo‘ygani hamda 2020 yilda Ilon Maskning qancha oylik maosh olgani maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"