Salomatlik

Omicron': Kun sayin vaziyat jiddiylashmoqda

Kasallik kirib borgan qator davlatlar pandemiyaning navbatdagi to‘lqiniga to‘qnash kelgan.

Omicron': Kun sayin vaziyat jiddiylashmoqda

 

Dunyoda epidemiologik vaziyat kun sayin murakkablashyapti. Omicron' shiddat bilan yangi-yangi mamlakatlarni “zabt” etmoqda.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi bayonotiga ko‘ra, yangi shtamm aniqlangan mamlakatlar soni 89 taga yetgan. Xususan, omicron' Misr, Eron, Qatar va Ukrainada ham ilk bor qayd etildi.  

 

Buyuk Britaniya va Janubiy Afrika Respublikasida ahvol yanada achinarli. JSST ushbu davlatlar shifoxonalarida o‘rin-joylar yetishmay qolishidan jiddiy xavotirda. Masalan, Buyuk Britaniyada o‘tgan haftada koronavirus bilan kunlik kasallanish holatlari rekord ko‘rsatkich  —  qariyb 93 mingtaga yetib, yangi variant dominant pozitsiyani egallagan. Shu sababli London shahri meri Sodiq Xon hududda favqulodda holat e’lon qildi.

 

Niderlandiya esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib omicron' ning keng tarqalishiga qarshi lokdaun tartibini joriy etishga majbur bo‘ldi. Ushbu cheklovlar 19 dekabrdan kelgusi yilning 14 yanvarigacha amal qiladi. Bu davrda nooziq-ovqat do‘konlari, bar, restoran, sartaroshxona, muzey, kinoteatr va sport zallari ishlamaydi. Maktablar kamida 9 yanvargacha yopiladi. 

 

Shuningdek, mahalliy aholi uyiga ikki kishidan ortiq mehmon chaqira olmaydi. Jamoat joylarida ikki kishidan ortiq odam to‘planishi ham taqiqlanadi. Niderlandiya hukumatining bunday keskin karantin cheklovlari joriy etishi bejiz emas, albatta. Mamlakatda omicron' ning ilk holati bundan uch hafta oldin aniqlangan. Ammo tibbiy prognozlarga ko‘ra, Yangi yil va Rojdestvo bayramlarigacha hududda yangi shtamm COVID-19ning dominant variantiga aylanadi.

 

Avstriya hukumati esa 20 dekabrdan boshlab mamlakatga faqat emlangan va kasallikdan butunlay sog‘ayganlarga kirish uchun ruxsat berishga qaror qildi. O‘shanda ham topshirilgan PZR test natijalari “manfiy” bo‘lishi kerak.

 

Avvalroq AQSh va Turkiyada yangi shtammga qarshi jiddiy choralar qo'llanilayotgani hamda boshqa turlardan ko'ra tarqalishi kuchliroq omicron' shtammiga qarshi vaksina mavjudligi haqida xabar bergan edik.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"