Lifestyle

Xonanda Sharof Muqimov uch egizakli bo'ldi

Ijodkor quvonchini o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida eʼlon qildi.

Xonanda Sharof Muqimov uch egizakli bo'ldi

 

Sharof Muqimov kecha, 19-dekabr kuni 3 nafar egizak o‘g‘illarning otasi bo‘ldi.

 

Sharof Muqimov farzandlariga ustozlarining, jumladan chaqaloqlardan biriga Tohir Sodiqovning ismini qo‘yishi haqida aytib o‘tgan. 

 

Maʼlumot uchun: xonanda va aktyor 2010-yilda xonanda Sevinch Mo‘minovaga uylangan. Ammo maʼlum muddatdan so‘ng, ijodkorlar ajrashishga qaror qilishgan. Oilaning Leyla ismli qiz farzandi bor. Shuningdek, 2019-yilning iyun oyida esa ijodkor surxondaryolik muxlisi bilan turmush qurgandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq хonanda Zohidning rafiqasi ajrashmoqchiligi hamda Ruxshona turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganini maʼlum qilgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova