Sport

Olimpiya o‘yinlariga o‘zgartirish kiritildi

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida og‘ir atletikaning vazn toifalari qisqartirildi.

Olimpiya o‘yinlariga o‘zgartirish kiritildi

 

Sportchilar Tokio-2020 Olimpiadasida 14 vaznda (erkak va ayollarda 7 tadan toifa) bellashishgan bo‘lsa, Parij-2024 da bu toifalar qisqarmoqda.

 

Yangi toifada erkaklar va ayollardagi eng og‘ir vaznlar o‘zgartirildi. Unga ko‘ra, bo‘lajak Olimpiya o‘yinlaridagi vazn toifalari quyidagi ko‘rinishga kelmoqda:

 

Erkaklar: -61 kg, -73 kg, -89 kg, -102 kg, +102 kg

Ayollar: -49 kg, -59 kg, -71 kg, -81 kg, +81 kg

 

Eslatib o‘tamiz, ushbu sport turi bo‘yicha hamyurtlarimiz Ruslan Nuridinov -105 kg, Akbar Jo‘rayev -109 kg vazn toifalarida Olimpiyada chempionligini qo‘lga kiritishgan edi. Endi Parij-2024 da ushbu vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkazilmaydi.

 

Avvalroq, og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining ilk g‘oliblari aniqlangani va Akbar Jo‘rayev jahon chempionligini qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

custom img

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi mumkin

Argentinalik jurnalistga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi jamoadoshlariga Ispaniya bilan bahs uning terma jamoa safidagi so‘ngi o‘yini ekanini aytgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"