1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Akbar Jo‘rayev mutloq chempion!

Ruslan Nuridinov kumush medal sohibi.

Akbar Jo‘rayev mutloq chempion!



Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatining oxirgi kungi bahslari bo‘lib o‘tdi.

 

Unda -109 kg vazn toifasidagi sportchilar bellashuvlarda ishtirok etdi. Ushbu vaznda bahs olib borgan hamyurtlarimiz Ruslan Nuridinov va Akbar Jo‘rayevlar ajoyib natijalarni qayd etishdi. Dastlab, dast ko‘tarish mashqlarida Ruslan Nuridinov 185 kg natija bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Akbar Jo‘rayev 195 kgli toshni buysundirib oltin medalni qo‘lga kiritdi.

 

Siltab ko‘tarish bellashuvlarida ham muxlislar hamyurtlarimizning o‘zaro to‘qnashuviga guvoh bo‘lishdi. Unda Akbar Jo‘rayev 238 kg natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ruslan Nuridinov 236 kg natija bilan kumush medal sohibiga aylandi. Uchinchi o‘rinni 228 kg natija bilan armanistonlik Simon Martirosyan egalladi.

 

Shu tariqa Toshkentda o‘tkazilgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика