1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Jahon chempionatining ilk g‘oliblari aniqlandi

Toshkentda start olgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida ilk g‘oliblar ma’lum bo‘ldi.

Jahon chempionatining ilk g‘oliblari aniqlandi


Kecha o‘ynalgan ilk medallar jamlanmasi erkaklar o‘rtasida -55 kg vazn toifasida o‘z egalarini topdi.
Dast ko‘tarish mashqida qozog‘istonlik Arli Chontey 118 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirgan holda kichik oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda Tailand vakili Tada Sambonuan 115 kg natija bilan 2-o‘rinni egalladi.


Siltab ko‘tarish mashqlari esa o‘ta murosasiz kechdi. Mazkur yo‘nalishda Qozog‘iston va Tailand vakillari o‘rtasidagi bahsga bolgariyalik Angel Rusev ham qo‘shildi. Yakunda aynan bulg‘or sportchisi 144 kg natija bilan eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.
Biroq, Rusev dast ko‘tarish mashqida ancha past natija qayd etganligi bois ikkikurashda bor-yo‘g‘i 3-o‘rinni egalladi va katta bronza medaliga loyiq ko‘rildi.

Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati.
Erkaklar, -55 kg:
1. Arli Chontey (Qozog‘iston) – 260 kg (118+142)
2. Tada Sambonuan (Tailand) – 256 kg (115+141)
3. Angel Rusev (Bolgariya) – 254 kg (110+144).

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика