Рамзан Қодиров Эрдўғанга шарт қўйди
U Turkiya hukumatini terrorchilarga boshpana berganlikda aybladi.

"Mendan Turkiya rasmiylarining Rossiyada jinoyat sodir etgan terrorchilarni yashirganlariga munosabat bildirishimni so‘rashdi. Jinoyatchilar Turkiyada o‘zlarini shu qadar erkin his qilmoqdalarki, Rossiyaga qarshi provokatsion chiqishlarida himoyasiz ayollarga nisbatan qo‘pollikdan ham voz kechishmayapti".
Shuningdek, Checheniston rahbari Erdo‘g‘onga: “Terrorchilarni ochiq qo‘llab-quvvatlovchi davlat maqomiga ega bo‘lasiz, yoki Rossiya federatsiyasi bilan birga shaffof va rostgo‘ylik munosabatlarini tiklaysiz" — degan talab bilan murojaat qilgan.
Qodirovning taʼkidlashicha, qidiruvdagi jinoyatchi va bezorilar Turkiyada boshpana topib, ko‘ngilochar bog‘larga terrorchilar nomini berib ochiqchasiga yig‘ilish va tadbirlar uyushtirayotgan bir paytda, Turkiya Respublikasi bunga hech qanday javob qaytarmayapti.
Avvalroq Checheniston rahbari muftiy Usmonxon Alimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirgani hamda Ramzan Qodirov Buxoro, Samarqand va Toshkentning go‘zalligi haqida gapirar ekan, islohotlar uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirgani haqida xabar berilgandi
Munojаt Valiyeva







