Jamiyat

Mirobodda “Qish ertagi” nomli badiiy gimnastika ochiq turniri bo‘lib o‘tdi

Turnirda 200 nafarga yaqin qizlar qatnashdi.

Mirobodda “Qish ertagi” nomli badiiy gimnastika ochiq turniri bo‘lib o‘tdi

 

1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

 

 

Mazkur tadbirda yangi yil bazmi bilan birgalikda gimnastika musobaqasi o‘tkazildi. Shuningdek, o‘z yosh toifasiga ko‘ra, qizlar o‘rtasida bellashuv tashkillashitirildi. Unda Bektemir tumanidagi 1-BO'SMdan tashrif buyurgan qizlarning deyarli barchasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Ochiq turnirda qatnashgan va o‘zaro bahsga kirishgan gimnastikachilarning harakatlari sport ustalari tomonidan baholandi.

 

 

Taqdirlash marosimida faxrli o‘rinlarni egallagan isteʼdodli qizlar taqdirlandi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq gimnastika afsonasi o‘z maktabiga asos solgani hamda Olimpiya o‘yinlarida badiiy gimnastika bo‘yicha yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchi qizda koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgandi. 

 

Mirobodda “Qish ertagi” nomli badiiy gimnastika ochiq turniri bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz